Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
СЕССИЯ КУН ТАРТИБИДАГИ МАСАЛАЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ СОҲАСИДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ҚИЁФАСИДАГИ МАҲАЛЛА» ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАРНИ ЎРГАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЭСКИ ЁҒОЧ ЭЛЕКТР УСТУНЛАРИ ЯНГИЛАРИГА АЛМАШТИРИЛМОҚДА
янв.21
ЯНГИОБОД МАҲАЛЛАСИДА ХОНАДОНБАЙ ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛДИ
Hududlarda infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish ishlari doirasida Marg‘ilon shahridagi Ariq bo‘yi MFYda Kanal bo‘yi ko‘chasini asfaltlashtirish masalasi o‘rganildi.

 O‘rganishda kotibiyat mudiri A.Ermatov, doimiy komissiya raislari X.Abduraxmonov va A.Mahkamov hamda mahalla raisi ishtirok etdilar.

O‘rganish davomida ko‘chaning qatnov qismida nosozliklar mavjudligi, ayniqsa yog‘ingarchilik mavsumida yo‘l yaroqsiz holga kelib, aholi uchun noqulaylik tug‘dirayotgani aniqlandi. Bu holat fuqarolar murojaatlarining ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli qarori mazmun-mohiyati o‘rganilib, unda ichki yo‘llarni ta’mirlash va saqlash ishlari mahalliy budjet mablag‘lari asosida amalga oshirilishi, manzilli ro‘yxatlar shakllantirilishi hamda avariya holatlarida qo‘shimcha obyektlarni dasturga kiritish tartiblari belgilab qo‘yilgani qayd etildi.

O‘rganish yakunida Kanal bo‘yi ko‘chasini asfaltlashtirish masalasini hal etish yuzasidan shahar hokimining tegishli o‘rinbosariga deputat so‘rovi yuborilishi belgilandi. So‘rovda hududdagi mavjud muammolar, fuqarolar murojaatlari va yo‘lni ta’mirlash bo‘yicha amaliy choralar aks ettiriladi.

Slide 1 of 4