Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
СЕССИЯ КУН ТАРТИБИДАГИ МАСАЛАЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ СОҲАСИДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ҚИЁФАСИДАГИ МАҲАЛЛА» ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАРНИ ЎРГАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЭСКИ ЁҒОЧ ЭЛЕКТР УСТУНЛАРИ ЯНГИЛАРИГА АЛМАШТИРИЛМОҚДА
янв.21
ЯНГИОБОД МАҲАЛЛАСИДА ХОНАДОНБАЙ ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛДИ
Onkologik kasalliklar bo‘yicha holat o‘rganildi

 Keyingi yillarda butun dunyoda onkologik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlar soni ortib bormoqda. Ilmiy tadqiqotlarda bu holat hayot tarzimizda kanserogen moddalarning keng tarqalishi, global iqlim o‘zgarishi, oziq-ovqat va ichimlik suvi tarkibida sun’iy qo‘shimchalarning ko‘payishi hamda turli zararli odatlar bilan bog‘liqligi ta’kidlanmoqda.

 Mavjud vaziyatni chuqur o‘rganish, mutaxassislar bilan tahlil qilish hamda amaliy takliflar ishlab chiqish maqsadida Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi tashabbusi bilan shahar va tuman kengashlari deputatlari iborat ishchi guruh tuzilib, tibbiyot muassasalari faoliyatini o‘rgandilar, mas’ul rahbarlar va tibbiyot xodimlari bilan muloqot o‘tkazdilar. Unda xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Parizod Ziyo ishtirok etdi.

Tahlillarga ko‘ra, Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida onkologik kasalliklarni erta aniqlash ishlari ikki yo‘nalishda amalga oshirilmoqda:

— mammografik skrining;

— “onko-nazorat” xonalarida klinik ko‘riklar.

2025 yilda:

11 688 nafar ayol mammografik skrining orqali,

120 171 nafar ayol “onko-nazorat” xonalari orqali klinik ko‘rikdan o‘tkazilgan.

O‘rganishlar natijasida skrining jarayonida kasallik aniqlangan bemorlar bilan ishlash tizimi nisbatan barqaror yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi. Bemorlar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga yo‘naltirilib, chuqurlashtirilgan diagnostika, morfologik tasdiq, konsilium va kompleks davolash davlat budjeti hisobidan amalga oshirilmoqda.

 Ayniqsa, partiya elektorati bo‘lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar uchun bepul diagnostika va davolanish imkoniyatlari yaratilgani muhim ahamiyat kasb etmoqda.

️ O‘rganishlar davomida qator kamchiliklar ham aniqlandi:

— tuman darajasida vrach-onkologlar yetishmovchiligi;

— ayrim “onko-nazorat” xonalarida shtatlar to‘liq shakllanmagan;

— hududlar kesimida skrining samaradorligi bir xil emas;

— ayrim poliklinikalarda tibbiyot xodimlarining onkologik hushyorligi va bilim darajasi yetarli emas.

Joylardagi manzilli o‘rganishlardan kelib chiqib, deputatlar vakolati doirasida deputatlik va jamoatchilik nazorati izchil davom ettiriladi. Onkologik kasalliklarni erta aniqlash, sifatli va barcha uchun teng tibbiy xizmatni ta’minlash partiya diqqat markazida bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 6