Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
СЕССИЯ КУН ТАРТИБИДАГИ МАСАЛАЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ СОҲАСИДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ҚИЁФАСИДАГИ МАҲАЛЛА» ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАРНИ ЎРГАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЭСКИ ЁҒОЧ ЭЛЕКТР УСТУНЛАРИ ЯНГИЛАРИГА АЛМАШТИРИЛМОҚДА
янв.21
ЯНГИОБОД МАҲАЛЛАСИДА ХОНАДОНБАЙ ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛДИ
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Aholidan kelib tushgan murojaatlar asosida “Yangiobod” mahallasida mavjud infratuzilma muammolari tuman deputati Nazokat Narxadjayeva tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

📍 O‘rganishlar jarayonida “Darvozaqir” qishlog‘idagi qabriston va aholi punktiga olib boruvchi 4 kilometr yo‘l qismi hamda “Yusufobod” qishlog‘idagi 33-sonli umumta’lim maktabiga olib boruvchi yo‘lning 1 kilometr qismini asfaltlashtirish zarurligi aniqlandi.

🛣 Mazkur yo‘llarning bugungi kunda qoniqarsiz holatda ekani, ayniqsa yomg‘irli mavsumda harakatlanish qiyinlashishi fuqarolar tomonidan bildirilmoqda. Ushbu masala aholining kundalik turmushiga, o‘quvchilarning maktabga qatnoviga hamda umumiy harakat xavfsizligiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda.

— Ushbu muammo bo‘yicha deputat tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yubordi!

🏀 Shuningdek, 33-sonli umumta’lim maktabi hududida qurilishi o‘z vaqtida yakunlanmagan va foydalanish uchun yaroqsiz holga kelgan bino buzilib, uning o‘rnida zamonaviy sport zali qurilishi boshlandi. Mazkur qurilish ishlari o‘quvchilar uchun munosib sharoit yaratish, ularning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Hududdagi muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilma yaratish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.

Slide 1 of 4