35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Deputatlar tumandagi 18-son umumiy o`rta ta'lim maktabini o`rganish jarayoni

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati Babadjanova Dildor Xudayquliyevna, Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashi raisi, Kengash Kotibiyat mudiri Vaisov Mash’al Islomovich hamda Kengash deputati, Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Qo‘chqarov Shixnazar Yusupovich tomonidan Bog‘irog‘lar mahallasida joylashgan 18-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining yangi qurilgan qo‘shimcha binosida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida yangi qurilgan qo‘shimcha binoni isitish uchun yangi qozonxona o‘rnatishga tayyor holatga keltirilgani, isitish tizimining mavjud holati, zarur uskunalar hamda binoni kuz-qish mavsumida barqaror isitish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

Mazkur o‘rganish Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashining 2026-yil 14-sentabrdagi 38-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, xususan, ijtimoiy soha obyektlaridagi isitish tizimlari holati yuzasidan qabul qilingan Kengash qarori ijrosini ta’minlash va nazorat qilish doirasida amalga oshirildi.

Slide 1 of 1