35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Deputat mahallada

Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashi Kotibiyat mudiri Vaisov Mash’al Islomovich tomonidan o‘zi saylangan okrug hududidagi Ziyolilar mahallasining “Sharq gavhari” ko‘chasida ko‘chama-ko‘cha yurib, fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda ko‘cha boshi Madamin Avazov hamrohlik qildi.
Aholi bilan muloqot davomida fuqarolar tomonidan “Sharq gavhari” ko‘chasining qariyb 500 metr qismini asfaltlashtirish bo‘yicha murojaat bildirildi.
Mazkur murojaat deputat tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganilib, “Muammolarni qayd etish” daftariga kiritildi.
Fuqarolar murojaatini ijobiy hal etish maqsadida mas’ul tashkilotga deputat so‘rovi yuborish rejalashtirildi.
️Bunday ko‘chama-ko‘cha uchrashuvlar orqali aholi bilan bevosita muloqot qilish, hududdagi mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rish ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 1