“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz”
Yashnaobod MFYda Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g‘oyasi asosida bayramona madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputatlari S. Ishimova va Sh. Safarova ishtirok etib, yurtdoshlarimizni ulug‘ ayyom bilan muborakbod etdilar.
Bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tib, Vatanga muhabbat, tinchlik va xalqimiz birdamligini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.