35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Kengash_faoliyati
Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi:Bandixon tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi faoliyati qonun hamda qarorlar ijrosi doirasida o‘rganildi!

⏺Bandixon tumanida deputatlarga biriktirilgan tashkilotlar faoliyatini tizimli tahlil qilish, qonun hujjatlari va hukumat qarorlarining ijrosini joylarda o‘rganish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

📍Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining raisi, 18-“Navro'z” saylov okrugidan saylangan deputat E.Jurayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi E.Eshonqulovlar ishtirokida Bandixon tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limida keng qamrovli nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

💬O‘rganish davomida deputatlarga biriktirilgan qonun hujjatlarining ijro etilish holati maxsus ishlab chiqilgan tahliliy savolnomalar asosida, quyidagi muhim normativ-huquqiy hujjatlar kesimida atroflicha ko‘rib chiqildi:

🟢O‘RQ–595-sonli Qonun: “Maktabgacha ta'lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonun;
🟢O‘RQ–637-sonli Qonun: “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonun;
🟢O‘RQ–901-sonli Qonun: “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun;
🟢VM–140-sonli Qaror: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarori.

💬Mazkur muhim qonun va qarorlar talablaridan kelib chiqqan holda, shahar ta'lim tizimida quyidagi hayotiy masalalar o‘rganildi:

🟢Maktablar faoliyati va o‘quv jarayoni: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quv-tarbiya jarayonlarining tashkil etilishi, dars soatlari va dasturlarining to‘g‘ri taqsimlanishi, o‘quvchilarni sinfdan-sinfga o‘tkazish hamda baholash tizimining me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi;

🟢Pedagoglar huquqi va nufuzi: O‘qituvchilarning kasbiy huquq va majburiyatlari, ularning kasbiy rivojlanishi uchun yaratilgan sharoitlar hamda o‘qituvchilarni o‘z vazifasidan tashqari ishlarga va majburiy mehnatga jalb qilmaslik kafolatlari;

🟢Qamrov va sifat: Bolalarni maktabgacha va umumiy o‘rta ta'lim bilan to‘liq qamrab olish, zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga joriy etish hamda ta'lim sifatini tubdan yaxshilash choralari;

🟢Ijtimoiy ta'lim va sharoitlar: Maktab va bog‘chalarda inklyuziv ta'limni yo‘lga qo‘yish, muassasalarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati;

🟢Murojaatlar va shaffoflik: Tizimda korrupsiyaning oldini olish, davlat xaridlarining shaffofligi, ota-onalar va mahallalar bilan hamkorlik darajasi hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi.

💬O‘rganishlar yakunida aniqlangan tizimli muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar atroflicha muhokama qilindi. Qonunlar ijrosini yanada samarali tashkil etish, ta’lim muassasalarida moddiy-texnik bazani yaxshilash va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan bo‘lim mas’ullariga aniq tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.

🫥Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputatlari tomonidan davlat organlari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish ishlari izchil davom ettiriladi!
Slide 1 of 4