Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyati o‘rganildi

Maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati Sh. Usmonova tomonidan O‘rtaqo‘rg‘on mahallasida joylashgan 27-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida muassasaning sanitariya holati, tozaligi, obodonlashtirish ishlari hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, hududni yanada obodonlashtirish, sanitariya talablariga qat'iy rioya etish va ta'lim muassasasida qulay muhitni ta'minlash yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Slide 1 of 3