Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Navbatdagi sessiya kun tartibi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi Xidirbayev Rashid Xidirbayevich boshchiligida doimiy komissiyalar raislari va Kengash kotibiyati xodimlari ishtirokida ishchi yig‘ilish o‘tkazildi.

📝 Yig‘ilish davomida Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining navbatdagi yigirma oltinchi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.

🔍 Sessiya kun tartibidagi masalalarni puxta tayyorlash, ularning mazmun-mohiyatini deputatlar tomonidan har tomonlama ko‘rib chiqilishini ta’minlash hamda muhokamaga sifatli olib kirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📋 Shuningdek, sessiyani yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan Kengash kotibiyati xodimlariga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

📌 Sessiya oldidan masalalarni chuqur va har tomonlama o‘rganish — muhim qarorlarni puxta tayyorlashning asosiy bosqichlaridan biridir.

Slide 1 of 2