📌 PF–17-son Farmoni ijrosi yuzasidan ishchi uchrashuvi o‘tkazildi
Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-tamoillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF–17-son Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan ishchi uchrashuvi o‘tkazildi.
📝 Ishchi uchrashuvi davomida tuman hokimligi huzurida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilib, uni Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish yuzasidan atroflicha muhokamalar olib borildi.
🤝 Uchrashuv yakunida mazkur masala yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, sessiyada ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda kiritishga kelishib olindi.