Jańalıqlar

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Dilfuza Kambarova sportchi yoshlar bilan uchrashib, ularning kelajak rejalari, maqsadlari hamda taklif va tashabbuslari bilan qiziqdi.

Samimiy suhbat davomida yoshlarning oldiga katta maqsadlar qo‘yishi, o‘z ustida muntazam ishlashi, qiyinchiliklardan cho‘chimasdan, qat’iyat bilan olg‘a intilishi muhimligi ta’kidlandi. Deputat o‘z tavsiyalari bilan o‘rtoqlashib, sportda ham, hayotda ham yuksak natijalarga erishish uchun intilish, intizom va izchil mehnat zarurligini qayd etdi.

Uchrashuvda yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar, shuningdek, murojaatlar mas’ullar ishtirokida muhokama qilindi. Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli topshiriqlar berilib, ularni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 3