Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 14-Bahrin saylov okrugidan saylangan deputati U.Nurmuxamedov tomonidan saylov okrugi hududidagi Bahrin mahallasida elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalladagi elektr ta’minotining holati, mavjud elektr tarmoqlarining texnik ahvoli, aholiga elektr energiyasini barqaror yetkazib berish bilan bog‘liq masalalar hamda hududdagi elektr infratuzilmasining bugungi holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, elektr tarmoqlaridan foydalanish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar, ularning oldini olish va aholi uchun barqaror hamda sifatli elektr ta’minotini ta’minlash masalalari yuzasidan tegishli mutasaddilar bilan fikr almashildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)