✅O‘rganish davomida yotoqxonaning isitish tizimiga ulanganligi, xonalardagi harorat sharoitlari, sanitariya-gigiyena holati, talabalarga yaratilgan maishiy sharoitlar hamda oshxonaning faoliyati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, oshxonada oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, tayyorlash va talabalarga taomlar yetkazib berish holati bilan tanishildi.
⤵️O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, yotoqxonada sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlash hamda talabalar uchun qulay va xavfsiz sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.