Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi raisi Z.Naxalov tomonidan saylov okrugi hududidagi Qayirma mahallasida mahalla bankirining faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, fuqarolarga o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish va kengaytirish uchun kredit ajratilishida ko‘maklashish holati ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, aholining tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va fuqarolarning tashabbuslarini amaliy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)