Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi kotibiyati mudiri O.Egamberdiyeva tomonidan Shirin shahar “Dehqon bozori” faoliyati o‘rganildi. O‘rganish davomida bozorda aholi iste’moli uchun zarur bo‘lgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi, mahsulotlar bilan ta’minlanganlik darajasi hamda savdo jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
✍️Monitoring jarayonida iste’mol bozorida narxlar barqarorligini ta’minlash, sifatli va arzon mahsulotlar yetkazib berish, shuningdek, aholining kundalik ehtiyojlari uchun zarur mahsulotlar zaxirasini muntazam nazorat qilib borish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✍️Bunday o‘rganishlar iste’mol bozoridagi holatni tahlil qilish, narxlar asossiz oshishining oldini olish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlashga xizmat qiladi.