35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati M. Salimova tomonidan saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida hududda istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi. Saylovchilar tomonidan kommunal xizmatlar, obodonlashtirish, bandlik, ijtimoiy himoya hamda hudud infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan bir qator masalalar ko‘tarildi.

Bildirilgan murojaat va takliflar deputat tomonidan nazoratga olinib, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi. Shuningdek, fuqarolarga o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.