35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

O‘rganish davomida kutubxona markazida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud badiiy, ilmiy-ma’rifiy va o‘quv adabiyotlarining holati, kitob fondining shakllantirilishi hamda undan o‘quvchilar tomonidan foydalanish darajasiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularni mutolaa qilishga keng jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Kutubxona markazida o‘quvchilar uchun turli mavzularda kitob ko‘rgazmalari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, mutolaa kechalari va kitobxonlik aksiyalarini tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va kitobxonlik ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan tadbirlarning ahamiyati ta’kidlandi.

O‘rganish davomida kutubxona markazidagi mavjud adabiyotlarni muntazam ravishda yangilab borish, o‘quvchilar talabidan kelib chiqqan holda yangi badiiy va ilmiy adabiyotlar bilan boyitish hamda kitob fondidan samarali foydalanishni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Shuningdek, kutubxona markazida o‘quvchilar uchun yanada qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish, ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda kitobxonlik muhitini yanada rivojlantirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilandi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, kutubxona markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish lozimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2