Jańalıqlar

⚡️ Aholi murojaatlari bilan ishlash holati deputat tomonidan o‘rganildi

⚡️ Aholi murojaatlari bilan ishlash holati deputat tomonidan o‘rganildi
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputati M.Baratova hududda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun talablari qanday bajarilayotganini ko‘zdan kechirdi.
O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:
🔹 Murojaatlarni qonuniy va belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish;
🔹 Fuqarolar muammolarini rasmiyatchiliksiz, joyida hal etish;
🔹 Mas’ul idoralarda aholi bilan ishlash tizimining ochiqligini ta’minlash.
Aholi huquqlarini himoya qilish va ijro intizomini mustahkamlashga qaratilgan bunday nazorat tadbirlari deputat faoliyatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.

Slide 1 of 2