Jańalıqlar

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

3–7 yoshdagi bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Mamatqobilov tomonidan "Yo‘l xaritasi"da belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan 3–7 yoshdagi bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish darajasi o‘rganildi.

O‘rganish davomida aniqlanishicha, Shirin shahrida 3–7 yoshdagi bolalarning umumiy soni 1 396 nafarni tashkil etadi. Hozirgi kunda ularning 1 333 nafari maktabgacha ta'lim bilan qamrab olingan bo‘lib, bu 95,5 foiz ko‘rsatkichni tashkil etmoqda.

Mazkur o‘rganish natijalari asosida maktabgacha ta'lim bilan to‘liq qamrovni ta'minlash, qamrab olinmagan bolalar bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda "Yo‘l xaritasi"da belgilangan vazifalarning ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1