Jańalıqlar

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Shaharda konsert-tomosha va madaniy tadbirlar tashkil etish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Mamatqobilov tomonidan "Yo‘l xaritasi"da belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan shaharda konsert-tomosha va madaniy-ma'rifiy tadbirlarni tashkil etish holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida aholining, ayniqsa, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy qadriyatlar va madaniy merosni targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlarning sifati, ularning muntazam o‘tkazilishi hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan tahlillar olib borildi.

Shuningdek, aniqlangan holatlar asosida madaniy tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, aholi qamrovini kengaytirish va "Yo‘l xaritasi"da belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida hamda sifatli ijrosini ta'minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1