2017-yil 7-sentabrda qabul qilingan “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-443-son) fuqarolarning huquqiy axborotdan erkin foydalanish huquqini kafolatlaydi.
📌 Mazkur qonun huquqiy axborotni aholiga tezkor va ishonchli yetkazish, fuqarolarning huquqiy ongini yuksaltirish hamda huquqiy madaniyatni rivojlantirishga xizmat qiladi.
👥 Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari saylovchilar bilan uchrashuvlar va muloqotlar davomida qonunlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish, fuqarolarning huquqiy bilimlarini oshirish hamda huquqiy targ‘ibotni kuchaytirishda muhim o‘rin tutadilar.
✅ Huquqiy jihatdan savodli jamiyat — taraqqiyot va adolatning mustahkam poydevoridir.
🕊Telegram💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube