Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#162_qonun #Oylik_Ish_reja_ijrosi #Ish_reja_ijrosi #24_ta_masala Aholi bandligi va farovonligi — deputatlar e’tiborida
👤 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 17-G'ambur saylov okrugi deputati S.To'rayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S.Safarov tomonidan deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida “G'urjak 1‘” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF–193-son Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar maxsus savolnoma asosida o‘rganildi.
🔎 O‘rganish jarayonida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi: 🔹 barqaror ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash; 🔹 aholining doimiy daromad manbalariga ega bo‘lishini ta’minlash; 🔹 kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish; 🔹 kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish; 🔹 kredit, subsidiya va boshqa moliyaviy resurslardan samarali foydalanish; 🔹 amalga oshirilayotgan loyihalarning natijadorligini ta’minlash.
📊 O‘rganish davomida mahalladagi mavjud holat tahlil qilinib, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, aholi farovonligini oshirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan fikr almashildi.
🤝 Shuningdek, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadlarini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.
📌 Asosiy maqsad — mahallada aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish hamda Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish.