#Haftalik_ish_reja_ijrosi
19¹-modda
🏗 CHAG‘ATOY MAHALLASIDA BUNYODKORLIK ISHLARI O‘RGANILDI
📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 10-Chag‘atoy saylov okrugi deputati Q. Raxamov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov “Chag‘atoy” mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdilar.
🔎 O‘rganish davomida mahalla hududida beton suv o‘tkazuvchi lotoklarni qurish ishlari ko‘zdan kechirildi. Jumladan, qurilish ishlarining borishi va bajarilayotgan ishlarning sifati bilan tanishildi.
✅ Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — mahallada amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarining sifatli bajarilishini ta’minlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga ko‘maklashishdan iborat.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube