Kuz-qish mavsumida isitish tizimi holati o'rganildi
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Eshov tomonidan Uyg‘ur MFY hududidagi 49-umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida maktabdagi isitish tizimining mavsumga tayyorgarligi, mavjud isitish qurilmalari va jihozlarning texnik holati hamda ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun zarur sharoitlar yaratilganligi ko‘zdan kechirildi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!