Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

🤝 Mahalladagi amaliy ishlar bilan tanishildi

 Mahalladagi amaliy ishlar bilan tanishildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi hamda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Uzun tumani Kengashi vakillari o‘zaro tajriba almashish doirasida mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandilar.

Mehmonlarga Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Abduraxmanova Nafisa Alimovna hamrohlik qildi.

📍 Tashrif davomida “Keneges” OFYdagi faoliyat bilan yaqindan tanishildi. Xususan, hududda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

💬 Tashrif yakunida mahallada aholi bilan ishlash, bandlikni ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tajribalar yuzasidan fikr almashildi.

Bunday amaliy uchrashuvlar hududlar o‘rtasida samarali tajribalarni o‘rganish va mahallalar faoliyatiga tatbiq etish uchun muhim imkoniyat yaratadi.

Slide 1 of 4