Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

FUQARO MUROJAATI TINGLANDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi kotibiyatiga Nafosat mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro B. Ibragimov murojaat bilan chiqdi.
Murojaat davomida fuqaro o‘zi istiqomat qilayotgan uyning tom qismi ta’mirtalab holatda ekanini, mazkur masala yuzasidan avval ham bir necha marotaba tegishli tashkilotlarga murojaat qilganini, biroq hozirga qadar muammo o‘z yechimini topmaganini ma’lum qildi.
Fuqaroning murojaati belgilangan tartibda 9-Nafosat saylov okrugi deputati Sh. Saidovaga yetkazildi.
Murojaat bo‘yicha muammoni o‘rganish va amaliy yechim topish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi nazoratga olindi.