Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Yoshlar_maslahat_guruhi
🏛 YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O.Tursunov, Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 22-Bo‘ston saylov okrugi deputati A.To‘xtashov hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan birgalikda “Oyinli” mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🤝 Uchrashuv davomida yoshlarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qiynayotgan muammolar yuzasidan fikr almashildi.

📋 Shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sport va ta’limga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💬 Muloqot davomida bildirilgan taklif va murojaatlarni o‘rganish hamda tegishli tartibda hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3