Jańalıqlar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Kambag‘allik reyestridagi oilalarning turmush sharoiti o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari N.Turdiyev, Y.Berdiyarov hamda Yangi davr mahallasi raisi L.Tursunov tomonidan Yangi davr mahallasi Terakzor ko‘chasi, 6-5-uyda istiqomat qiluvchi, ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaro U.N. xonadonida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqaroning oilaviy sharoiti va ijtimoiy holati o‘rganilib, 3 nafar farzandi borligi, katta farzandi turmushga chiqqani, o‘rtancha o‘g‘li 3-sonli texnikumda tahsil olayotgani hamda kenja farzandi Toshkent shahrida mehnat faoliyatini olib borayotgani aniqlandi.

Fuqaro xonadonini ta’mirlashda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan. O‘rganish davomida fuqaro “Ayollar daftari”ga kiritilgani hamda xonadonini ta’mirlash uchun mablag‘ ajratish jarayoni olib borilayotgani ma’lum bo‘ldi.

Slide 1 of 3