Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari tomonidan kun davomida ta’lim, mahalla boshqaruvi, obodonlashtirish, sport, infratuzilma va aholi farovonligi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi.
- “Jayxun” mahallasida kompleks nazorat
Deputatlar A.Ashurov, G.Abramatova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirov mahalla faoliyatining bir qator yo‘nalishlarini tahlil qildilar.
- Mahalla raisi va ijtimoiy xodim bilan aholi bilan ishlash, murojaatlar, ijtimoiy ko‘mak va mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi.
- Yoshlar sporti: futbol maydonchasining holati va yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar “24 ta eng muhim yo‘nalish” asosida baholandi.
- Obodonlashtirish: hududdagi tozalik, ko‘kalamzorlashtirish va umumiy foydalanish joylari holati ko‘rib chiqildi. Bu borada fuqaro bilan suhbatlashilib, takliflari tinglandi.
- Ko‘p qavatli uylar: uy-joylarning umumiy holati, xizmat ko‘rsatish sifati va boshqaruv kompaniyalari faoliyatiga e’tibor qaratildi.
Narx-navoga e’tibor: kundalik ehtiyoj mahsulotlarining mavjudligi, narxi va yetarliligi ko‘rib chiqildi.
- 11-sonli DMTT — kuz-qishga tayyorgarlik: isitish tizimi, issiqlik ta’minoti va zarur resurslar holati tekshirildi.
- 7-sonli DMTT — ta’lim sifati nazoratda!
Viloyat Kengashi deputatlari M.Narbasheva, Sh.Xolliyeva hamda shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova 7-sonli DMTT faoliyati bilan tanishdilar.
- “Ma’rifat” mahallasida: deputat A.Mustafakulov va kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov mahalla binosini qayta ta’mirlash ishlarining borishi va sifatiga e’tibor qaratdilar.
- Sport maktabi: to‘garaklar faoliyati, yoshlar uchun sharoitlar, moddiy-texnik baza va sport inventarlari holati tahlil qilindi.
- “Tuproqqo‘rg‘on” mahallasida: deputat D.Toshboyeva va R.Mamashukurov ko‘p qavatli uylar atrofidagi obodonlashtirish ishlarini nazorat qildilar.
Maqsad — muammolarni joyida aniqlash, aholi fikrini tinglash va ularning yechimiga amaliy ko‘maklashish.