Jańalıqlar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📢 DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

🗣 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 7-Boybuloq saylov okrugi deputati L. Hakimovaga “Boybuloq” mahallasi Paxtakor qishlog‘i, kanal bo‘yida yashovchi aholi tomonidan murojaat yo‘llandi.

Murojaatda qishloqdagi 2 km uzunlikdagi yo‘l yoz mavsumida chang-to‘zon, qish mavsumida esa loy bo‘lib, ushbu yo‘ldan maktab o‘quvchilarining qatnashi qiyinlashayotgani bildirilgan hamda yo‘lga tosh yotqizishda amaliy yordam so‘ralgan.

Shu munosabat bilan, mazkur masalani ko‘rib chiqish va “Boybuloq” mahallasi Paxtakor qishlog‘idagi yo‘lni tosh yotqizish hamda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishda amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan Sherobod tumani hokimi o‘rinbosari, Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i E. Musayevga deputat so‘rovi yuborildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 2