35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

FUQAROLAR MUROJAATI E’TIBORDA

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashida fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda mavjud masalalarni belgilangan tartibda hal etishga ko‘maklashish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R. Ziyayev tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tinglanib, har bir murojaat mazmunidan kelib chiqqan holda tegishli tartibda tushuntirish va huquqiy ko‘mak ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Navbatdagi murojaat davomida Kengashga davolanish va jarrohlik amaliyotini o‘tkazishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan fuqaroning masalasi atroflicha tinglandi.

Murojaatchiga mavjud imkoniyatlar, amaldagi tartib-taomillar hamda tegishli tashkilotlarga murojaat qilish bo‘yicha zarur tushuntirishlar berilib, masalani belgilangan tartibda o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.