35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

KELAJAK SARI MUHIM QADAM!

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati F.Dadajonov tomonidan yoshlar bilan ishlash va ularning kelajakdagi maqsadlarini belgilashga ko‘maklashish yo‘nalishida amaliy uchrashuv tashkil etildi.

Xususan, o‘quvchilar uchun “Kelajak soati” mashg‘uloti o‘tkazilib, unda yoshlarning kasb tanlashi, o‘z qobiliyat va iste’dodlarini rivojlantirishi, bilim va ko‘nikmalarini oshirishi hamda kelajakdagi maqsadlari sari intilishi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Suhbat davomida o‘quvchilarga zamonaviy kasblar, ta’lim olish imkoniyatlari, o‘z ustida ishlash va aniq maqsad asosida harakat qilishning ahamiyati haqida tavsiyalar berildi.

Kelajak — bugungi to‘g‘ri tanlov va qat’iy harakatdan boshlanadi!

Slide 1 of 3