35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 tavsiya asosida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Xojiakbar Xolmatov tomonidan “Mustaqillik” MFY hududida ijtimoiy reyestrga kiritilgan, ko‘makka muhtoj yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida yoshlarning murojaatlari, taklif va istaklari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunar o‘rganishi, ta’lim olishi hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi masalalar muhokama qilindi.

Aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

24 tavsiya doirasidagi bunday amaliy uchrashuvlar yoshlar bilan bevosita muloqot qilish va ularning takliflarini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 4