35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

FUQAROLAR MUROJAATLARO SAYLOV OKRUGIDA O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Murzametova M. tomonidan “Axilobod” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaati saylov okrugi hududida o‘rganildi.

📍Murojaatlarni atroflicha o‘rganish maqsadida deputat fuqaro bilan uchrashib, uning muammolari va murojaatida ko‘tarilgan masalalar bilan bevosita tanishdi. Suhbat davomida fuqaroga tegishli tushuntirishlar berilib, mavjud muammolarni hal etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

📝O‘rganish jarayonida murojaatning mazmuni, fuqaroga zarur bo‘lgan amaliy ko‘mak hamda masalani qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish yo‘llariga e’tibor qaratildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish va zarur choralarni belgilash bo‘yicha ishlar olib borildi.

⚖️Qonunchilik asosida: O‘zbekiston Respublikasining «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida»gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq, deputat o‘z saylovchilari bilan aloqada bo‘lib, ularning murojaatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi, ularni hal etish chora-tadbirlarini ko‘radi hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarini ko‘rishi lozim.

✅Deputatlik nazorati doirasida fuqaroning murojaatida ko‘tarilgan masalalar tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi va ularning qonuniy hal etilishi nazoratga olindi.

Slide 1 of 1