#24_ta_masala
#ish_reja_ijrosi
🤝 MAHALLA YETTILIGI BILAN NAVBATDAGI UCHRASHUV
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 25-“Tallashqon” saylov okrugi deputati, Kengash Kotibiyati mudiri O. Tursunov tomonidan deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida “Bog‘iobod” mahallasi yettiligi bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
📌 Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, aholini qiynayotgan muammolar hamda ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
🤝 Shuningdek, mahalla yettiligi vakillari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va aniqlangan muammolarni manzilli hal etish yuzasidan fikr almashildi.
🔹 Mahalla — aholi bilan bevosita muloqot va muammolarni manzilli hal etishning muhim bo‘g‘ini.