35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#24_ta_masala
#Sessiya_oldi_o'rganish
🏘 SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI O‘RGANILDI


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 1-“Yangiturmush” saylov okrugi deputati S.Eshonqulov hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi Sh.Xo‘janazarov tomonidan deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida “G‘urjak-2” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

🤝 O‘rganishlar davomida fuqarolarning xonadonlariga tashrif buyurilib, ularning muammo va takliflari bevosita joyida tinglandi. Shuningdek, Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan aholi fikr-mulohazalari va takliflari o‘rganildi.

Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar atroflicha tahlil qilinib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

📌 Saylovchilar bilan bunday bevosita muloqotlar aholining murojaatlarini o‘z vaqtida aniqlash, mavjud muammolarni manzilli o‘rganish va ularning yechimini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq manfaatlari — doimo e’tiborda!

Slide 1 of 2