35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🟢 DEPUTATLIK NAZORATI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 19-Sherobod saylov okrugi deputati  A.Choriyev  tomonidan “Sherobod” mahalla fuqarolar yig‘inida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati joyiga chiqqan holda o‘rganilib, deputatlik nazorati amalga oshirildi.

O‘rganish davomida hududda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ul tashkilotlar va mutasaddilar bilan fikr almashilib, aholini toza ichimlik suvi bilan barqaror ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda belgilangan ishlarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 5