📢 YOSHLAR MASLAHAT GURUHI — YOSHLAR OVOZI VA TASHABBUSLARI MAYDONI
📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning manfaatlarini himoya qilish va yoshlar masalalarini mahalliy darajada hal etishga ko‘maklashuvchi jamoatchilik tuzilmasidir.
🎯 Asosiy maqsadimiz: Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda faol ishtirok etish, yoshlarning muammolari va takliflarini o‘rganish, ularni hal etish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish hamda mahalliy Kengash deputatlariga ko‘maklashish.
🔹 Guruhning asosiy yo‘nalishlari: ▫️ yoshlar muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; ▫️ qonunchilik hujjatlarini o‘rganish va takomillashtirish yuzasidan takliflar berish; ▫️ hududiy dasturlarni ishlab chiqishda yoshlar manfaatlarini ilgari surish; ▫️ yoshlar masalalariga oid qarorlar ijrosida jamoatchilik nazoratida ishtirok etish; ▫️ iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash; ▫️ ekologik, madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlarini tashkil etishga ko‘maklashish; ▫️ yoshlar bilan deputatlar va senatorlar uchrashuvlarini tashkil etishda ishtirok etish.
🤝 Yoshlarning fikri — muhim. Yoshlarning tashabbusi — kuch. Yoshlar maslahat guruhi yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni mahalliy Kengash faoliyatiga keng jalb etish yo‘lida faoliyat olib boradi.