35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

YANGI “WORKOUT” SPORT MAYDONCHASI TASHKIL ETISH TAKLIF ETILDI

Aholining ochiq havoda sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida “Xalqlar do‘stligi” sport majmuasi hududida zamonaviy “Workout” sport maydonchasini barpo etish bo‘yicha deputat so‘rovi yuborilmoqda.

Mazkur loyiha uchun 114 million so‘m mablag‘ ajratish hamda mablag‘ni “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan yo‘naltirish imkoniyatini ko‘rib chiqish so‘ralmoqda.

Loyiha amalga oshirilishi O‘rikzor MFY va unga tutash 6 ta MFY aholisi, ayniqsa yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.

Slide 1 of 2