35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Inklyuziv ta’limni rivojlantirish bo‘yicha taklif kiritilmoqda

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Dildoraxon Rahmatullayeva tomonidan Andijon shahridagi 50-umumiy o‘rta ta’lim maktabida inklyuziv ta’limni tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha inklyuziv ta’limni yanada rivojlantirish, zarur shart-sharoitlarni yaxshilash va moddiy-texnik bazani mustahkamlash maqsadida yetarli darajada mablag‘ ajratish yuzasidan taklif kiritilmoqda.

Shuningdek, mazkur masala bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilmoqda.

Asosiy maqsad — alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun teng imkoniyatlar yaratish va ularning sifatli ta’lim olishini ta’minlash.