35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

DEPUTATLAR TUSHUNTIRADI

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati F.Dadajonov “Kelajak markazi”ning maqsad va vazifalari, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida tushuntirish berdi.

“Kelajak markazi” yoshlar uchun bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, qiziqishiga mos yo‘nalishlarni tanlash, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash, kasb-hunar o‘rganish hamda o‘z iqtidorini rivojlantirish imkonini beradi.

Markazda yoshlar turli to‘garak va mashg‘ulotlarda qatnashib, zamonaviy kasblarni o‘rganishi, o‘z qobiliyatini namoyon etishi va kelgusida ta’lim olishi yoki mehnat faoliyatini boshlashi uchun zarur ko‘nikmalarni shakllantirishi mumkin.

Deputatlar tushuntiradi — yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar amaliyotda.