Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Yusupov tomonidan shahardagi bo‘lim va boshqarma mas’ullariga deputat so‘rovlari bilan ishlash, ularni belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish hamda ijrosini ta’minlash yuzasidan tushuntirishlar berib kelinmoqda.
Xususan, Andijon shahar Bobur elektr tarmoqlari korxonasi ishlab chiqarish muhandisi X. Qambarov bilan uchrashuvda deputat hujjatlari bilan ishlash, Kengash qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilish va o‘z vaqtida ta’minlash masalalari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
Deputat so‘rovlarining samarali ijrosi — aholi murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni hal etish va deputatlik nazoratini kuchaytirishning muhim vositasidir.