35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

G‘ambur mahallasidagi elektr tarmog‘i muammosi bo‘yicha deputat so‘rovi

G‘ambur mahallasi T. Xo‘jamurodov ko‘chasida yashovchi saylovchilar tomonidan elektr tarmog‘idagi mavjud yog‘och ustunni beton ustunga almashtirish masalasida amaliy yordam so‘rab murojaat qilindi.

Mazkur murojaat yuzasidan Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 17-G‘ambur saylov okrugi deputati S. To‘rayeva tomonidan Sherobod tumani “Elektr tarmoqlari” korxonasi rahbari G‘. Jovliyevga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida mazkur masalani belgilangan tartibda o‘rganib chiqish, uni ijobiy hal etish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatish hamda ko‘rilgan choralar va natijalari haqida asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

📌 Deputatlik so‘rovi — saylovchilar murojaatlarida ko‘tarilgan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishning muhim vositalaridan biridir.

Aholi murojaatlari e’tiborda. Muammolarni amaliy hal etish va fuqarolar manfaatlarini himoya qilish borasidagi deputatlik nazorati davom ettiriladi.

Slide 1 of 2