35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏫 DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

📚 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 10-Chag‘atoy saylov okrugi deputati Q. Raxamov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan o‘z saylov okrugidagi 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabida deputatlik nazorati doirasida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida maktabdagi sinfxonalar, sport zali, sport anjomlari, tibbiyot xonasi hamda maktab hovlisida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yaqindan ko‘zdan kechirildi.

📚 O‘quvchilarning yangi o‘quv yilini munosib sharoitlarda boshlashi uchun yaratilgan imkoniyatlar, sinfxonalarning jihozlanishi, tozalik va sanitariya holati, sport mashg‘ulotlari uchun mavjud sharoitlar hamda tibbiyot xizmatini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✨ Shuningdek, maktab hududidagi obodonlashtirish ishlari, sinfxonalarda yaratilgan sharoitlar hamda o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish borasidagi ishlar ham ko‘zdan kechirildi.

🎯 Asosiy maqsad — yangi o‘quv yilini munosib kutib olish, o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz ta’lim muhitini yaratish hamda ta’lim muassasasidagi mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash.

🤝 Deputat va kotibiyat xodimining hamkorlikdagi o‘rganishi ta’lim muassasasidagi holatni joyida baholash, mavjud masalalarni aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralarni belgilashga xizmat qiladi.

🌱 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar, yangi imkoniyatlar va yangi marralar sari muhim qadam! 📚✨

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 5