35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

“MAHALLADA OBODLIK VA MEHR-SAXOVAT OYLIGI” DOIRASIDA EZGU TASHABBUS

“Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Ahmedov Shuxrat Murotovich tashabbusi bilan mahallada ezgu va xayrli ish amalga oshirildi.
Gavhar mahallasi hududidagi Serquyosh ko‘chasi, 27-uyda yashovchi, Ijtimoiy himoya reyestrida turuvchi Zoitov Zoir Toirovich xonadonining 240 kvadrat metr tom qismi homiylik asosida kapital ta’mirdan chiqarildi. Mazkur xayrli ish oilaga Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami arafasida munosib va katta sovg‘a bo‘ldi.
Bunday ezgu tashabbuslar mahallalarda mehr-oqibat, saxovat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4