35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

🇺🇿 “DO‘STLIK” PODSTANSIYASI MODERNIZATSIYA QILINMOQDA ⚡️

🇺🇿 “DO‘STLIK” PODSTANSIYASI MODERNIZATSIYA QILINMOQDA ⚡️
Tuman aholisini elektr energiyasi bilan barqaror va ishonchli ta’minlash maqsadida yirik infratuzilma loyihalari amalga oshirilmoqda.
👤 Xalq deputatlari Do‘stlik tuman Kengashi deputati, Kotibiyat mudiri B. Muxtorov “Do‘stlik” podstansiyasida bo‘lib, olib borilayotgan modernizatsiya va rekonstruksiya ishlarining borishini o‘rgandi.
📌 Mazkur loyiha mavjud quvvatlarni oshirish hamda aholi va tadbirkorlik subyektlarini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. ⚡️ Xususan, “Sanoatchilar” mahallasida joylashgan 110/35/10 kV kuchlanishli “Do‘stlik” podstansiyasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida modernizatsiya va rekonstruksiya qilinmoqda.
🏗 1982-yilda qurilgan podstansiyada mavjud uskunalar eskirgani hamda elektr energiyasiga bo‘lgan talab ortib borayotgani sababli zamonaviy elektr uskunalari o‘rnatilmoqda

Slide 1 of 19