35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏘 Mahalladagi ustuvor vazifalar belgilandi: mas’uliyat va hamkorlik asosida amaliy ishlar yo‘lga qo‘yiladi

📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov “Taroqli” mahallasi faollari bilan uchrashib, mahallada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar va mavjud muammolarni muhokama qildi.

🤝 Uchrashuv davomida:
🔹 aholi bandligini ta’minlash;
🔹 aholi tomorqalaridan unumli foydalanish;
🔹 mahallani obodonlashtirish;
🔹 mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish;
🔹 ko‘makka muhtoj, kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

📋 Belgilab olingan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ullarning vazifalari aniqlashtirilib, mahalla yettiligi a’zolari o‘rtasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.

🎯 Asosiy maqsad — mahalladagi muammolarni joyida aniqlash, mas’ullarni belgilash va hamkorlik asosida ularni bosqichma-bosqich hal etish.

🏘 Mahalla — e’tibor va amaliy ishlar markazida!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 5