35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Mahalla yettiligi bilan hamkorlik — amaliy natijalar garovi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati F.Xolmuratova tomonidan Sazag‘on mahallasida mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashuv va suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida mahalladagi mavjud muammolar, aholi murojaatlari, ijtimoiy masalalar hamda hududni obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash borasidagi ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalla yettiligi bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlash bo‘yicha fikr almashildi.

Slide 1 of 2