35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

🌿 Tabiatni muhofaza qilish – har birimizning burchimiz!

🌿 Tabiatni muhofaza qilish – har birimizning burchimiz!

Oʻzbekiston Respublikasining "Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi Qonuni tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni asrash hamda ekologik xavfsizlikni taʼminlashning huquqiy asoslarini belgilaydi.

Ushbu Qonunga muvofiq:

✅ tabiiy resurslardan oqilona va tejamkor foydalanish;
✅ atmosfera havosi, yer, suv va oʻsimlik hamda hayvonot dunyosini muhofaza qilish;
✅ ekologik muvozanatni saqlash;
✅ fuqarolarning sogʻlom va qulay atrof-muhitda yashash huquqini taʼminlash davlat siyosatining muhim yoʻnalishlaridan hisoblanadi.

Har bir fuqaro tabiatga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishi, chiqindilarni belgilangan tartibda tashlashi, daraxt va yashil hududlarni asrashi, suv hamda energiya resurslaridan oqilona foydalanishi orqali ekologiyani asrashga oʻz hissasini qoʻshishi mumkin.

🌱 Tabiatni asrash – kelajak avlod oldidagi masʼuliyatimizdir. Bugungi eʼtiborimiz ertangi sogʻlom hayot garovidir!