35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Xo‘jabulg‘on mahallasida yo‘llarni asfaltlash ishlari olib borilmoqda

Xo‘jabulg‘on mahallasida yo‘llarni asfaltlash ishlari olib borilmoqda

🚨Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashining 2026-yil 3-martdagi “Boysun tumanida 2026-yil davomida “Og‘ir tuman” dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalar uchun zarur infratuzilmaviy shart-sharoitlar yaratish hamda tumandagi “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi” va “og‘ir” toifadagi mahallalarning ixtisoslashuvini chuqurlashtirishga qaratilgan manzilli dasturlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi VII-20-18-8-110-K/26-sonli qarori asosida Xo‘jabulg‘on mahallasida ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari amalga oshirilmoqda.

🚨Mazkur ishlar mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholiga qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish hamda hududning obodonlashtirish darajasini oshirishga qaratilgan.

🚨Yo‘llarni asfaltlash ishlari yakunlangach, mahalla aholisi uchun transport qatnovi yanada qulaylashib, ichki yo‘llarning foydalanish sifati va xavfsizligi oshishi kutilmoqda.

🚨Amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan doimiy nazoratga olinib, ishlarning sifatli va belgilangan talablar asosida bajarilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 4